Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PAXTAKOR MAHALLASIDA 2.5 KILOMETR MASOFADAGI ICHKI YO‘LLARDA ASFALTLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/b55b9552b46a5322f2e8c.jpg)
2023-03-31 09:10:24 127
![](https://telegra.ph/file/b55b9552b46a5322f2e8c.jpg)
Prezident qarori amalda!
“2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra joylarda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va boshqa infratuzilma ob’ektlari yaxshilanmoqda.
Jumladan, Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inida ham PQ-408-sonli qarori ijrosini ta’minlashga kirishilgan. Qaror asosida 1 250 000 000 so‘m mablag‘ evaziga Yoshlarobod va Orzu ko‘chalarida “Farg‘ona mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan 2.5 kilometr masofadagi ichki yo‘llarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/771e747cf2beec9d0d092.jpg)
![](https://telegra.ph/file/493ab7d9848ed6f2faad0.jpg)