Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUBORAK RAMAZONI SHARIF MUNOSABATI BILAN IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI
2023-03-30 08:31:22 201
Prezidentimiz tashabbusi bilan Muborak Ramazon oyida butun respublikamizda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda ham xalqimizning roziligini olish, insonlar o‘rtasida xayru saxovat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Sohibkor mahallasidagi “Xosiyatxon xoji ona” to‘yxonasida mahallada yashovchi 150 nafardan ziyod nuroniy va faxriylarga, kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolar uchun tuman hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasining tashabbusi bilan iftorlik dasturxoni yozildi.
Tadbirda tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtrok etib muborak Ramazon oyi bilan ishtirokchilarni samimiy qutlab, ushbu muborak oy barchaga xayrli va barakotli bo‘lishini tiladi.