Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA RAMAZON OYI IFTORLIK TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
2023-03-29 11:58:11 206
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda kam ta’minlangan oila vakillari uchun iftorliklar tashkil etilmoqda. Yurtimizga tinchlik, omonlik, dehqonchiliklarga baraka tilab o‘tkazilayotgan iftorlarda mahalla oqsoqollari, kam ta’minlangan oila vakillari ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, tadbirlarda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham qatnashmoqdalar.
Kecha oqshom Bo‘ston mahallasida iftorlik dasturxoni yozilib, xalqqa osh tortildi. Qiyqi mahallasida esa saxovatpesha insonlar tomonidan iftorlik uchun osh damlab tarqatildi.
Bunday saxovat tadbirlari tumanimiz bo‘ylab keng miqyosda davom etmoqda.