Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA “OQILA AYOLLAR” HARAKATI A’ZOLARI OLDIDA TURGAN DOLZARB VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
2023-03-24 16:54:27 197
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” “Oqila ayollar” harakatining viloyat rahbari Yulduzxon Rahimova, “Targ‘ibot guruhi” viloyat rahbari Sayyoraxon Alimova hamda “Oydin” gazetasi muharriri Xadichaxon Karimovalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldasheva, “Oqila ayollar” harakati tuman rahbari D.Yusupova va “Oqila ayollar” harakati a’zolari qatnashdi.
Yuzma-yuz muloqotda Qo‘shtepa tumanida “Oqila ayollar” harakatining muhim vazifalari muhokama qilindi. Shuningdek, oilalarda ajrimlarning oldini olish, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda “Oqila ayollar” harakati a’zolari hamda mahalla faollari o‘zaro hamjihatlikda faoliyat olib borishlari hayotiy zarurat ekaniga e’tibor qaratildi hamda harakat a’zolari oldida turgan dolzarb vazifalar yana bir bor aniq belgilab olindi.