Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA “MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI” NISHONLANDI

×

 2023-03-22 15:19:36    238

PDF yuklash
Chop etish



Davlatimiz rahbari tomonidan mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 22 mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan bugun Qo‘shtepa tumanidagi “G’ishtmon madaniyat uyi”da mazkur sanaga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari hamda mahalla tizimida namunali faoliyat yuritib kelayotgan beshlik xodimlari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov mahalla xodimlarini qo‘shaloq bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, xonadonlariga fayz-u baraka, mas’uliyatli va serqirra faoliyatlarida yangi yutuq va omadlar tiladi.

 Tadbirda o‘z vazifasini munosib darajada bajargan soha fidoiylari tuman hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Qo‘shtepa farzandi, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi - Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Nilufarxon Ergashevaga ham tuman hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘asi topshirildi.

 Tadbir doirasida Madaniyat uyining xovlisida bayram dasturxoni yozildi. Madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan betakror kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga bahoriy kayfiyat ulashildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram