Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HASHAR - HAMJIXATLIK NAMUNASI
2023-03-18 15:52:20 184
Hukumatning tegishli farmoyishiga binoan, Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida bugun mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Ushbu ezgu tadbir tumanimizning barcha mahallalari, aholi turar joylarida, mehnat jamoalari, ko‘cha-ko‘yda uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Ko‘p qavatli uylar, yo‘l-yo‘laklar, binolarning atrofi, guzar va xiyobonlar, ziyoratgohlar, muqaddas maskanlarda tozalash ishlari olib borilib, mevali va manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari ekilmoqda.