Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SHODLIK MAHALLASIDA TABIIY TABOBAT USULIDAGI DAVOLASH MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2023-03-18 15:29:56 195
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Biomarket Ominaxon” tabiiy tabobat usulidagi davolash maskani foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Ushbu maskanda xijoma, zuluk, shuningdek, tabiiy tabobat va giyohlar bilan davolash yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari tabobat usulida hamshiralik o‘quv kursi ham faoliyat olib boradi.
Zuxraxon Sharipovaning tashabbusi bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ushbu maskanda 10 ta ish o‘rni ham yaratildi.