Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 16 TA MAHALLAGA 33,6 KM UZUNLIKDAGI 0,4-10 KVLI YANGI ELEKTR UZATISH TARMOG‘I QURILMOQDA

×

 2023-03-18 08:48:41    135

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida ibratli ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumanda loyiha qiymati 5,0 mlrd so‘mdan ortiq 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida, tumandagi 16 ta mahallaga 33,6 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlariga kirishildi. Bundan tashqari 5 dona yangi transformator punkti ham yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda.




Ayni vaqtda, “Mumtoz” mahallasida joylashgan 110/10 kVli “Joybozor” podstantsiyasidan yangi 10 kVli 13,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish ishlari jadal suratda davom etmoqda.

Bu orqali tumanning “Istiqlol”, “Dexqonobod”, “Shahartepa”, “Shomirza”, “O’qchi”, “Beshkapa” hamda “Paxtakor” mahallalarining elektr ta’minoti yaxshilanadi.

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram