Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 208 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPANING ILMGA CHANQOQ, G‘AYRATLI YOSHLARI

×

 2023-03-16 17:22:15    221

PDF yuklash
Chop etish



Bugungi kunda yurtimizda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga, butun jamiyatning ustuvor vazifasiga aylandi. Mamlakatimizda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgani Vatan, millat nomini ulug‘lashga bel bog‘lagan yoshlarning orzulariga qanot bo‘lmoqda.

Darhaqiqat biz buni Qo‘shtepa tumanidagi 2-IDUMIdagi ilmga chanqoq va g‘ayratli yoshlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu biologiya va kimyo faniga ixtisoslashtirilgan maktabni 2021-2022 o‘quv yilida 31 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lsa, ularning 29 tasi oliy o‘quv yurtlarining talabasi bo‘lishdi. Hozirda ularning 14 nafari davlat granti asosida tahsil olishmoqda.

Maktab jamoasi bu yil o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatgichini 100 foizga olib chiqish uchun harakat qilmoqdalar. Albatta bu yo‘lda ustozlar va o‘quvchilarning bilim cho‘qqilari sari tashlagan qadamlari zalvorli bo‘lmoqda.

Maktabning 5 nafar o‘quvchisi ingliz tilidan Ielts sertifikatini va 3 nafari V 2 Sefr darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi.




11-sinf o‘quvchisi Kamoliddin Abdufattoxov esa tarix fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasida faol ishtirok etib, viloyatda birinchi va respublikada ham faxrli o‘rinni egallab, bir million olti yuz ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Eng quvonarlisi, 11-sinfning 3 nafar o‘quvchilari AQShning nufuzli oliygohlarida o‘qish uchun imtihon topshirib, muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi. Ular Muhammadsolih Abdusalomov Wingate University-27000, The university of Arizona-15000, Saidakbar Yoqubov Wingate University-27000, Kamoliddin Abdufattohov Wingate University-27000 dollar miqdordagi grantlarini qo‘lga kiritishdi.

O’quvchilarga bilim berishda 2-IDUMI direktori Nosirjon Madaliyevdan tortib, barcha o‘qituvchilar bor bilim va g‘ayratini ayashmayapti. 25 nafar o‘qutuvchilarning 11 nafari oliy toifali bo‘lsa, 9 nafari 1-toifali hisoblanadi. Maktabda o‘z ustida tinimsiz ishlayotgan va izlanayotgan ingliz tili fani o‘qituvchisi Ahliyor Usmonov va tarix fani o‘qituvchisi Otabek O’ktamovlar esa vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilgan tanlov g‘olib bo‘lishdi. 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram