Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QIYQI, SOHIBKOR, KATTA BESHKAPA VA DO‘RMON MAHALLALARIDA ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANMOQDA
2023-03-16 09:39:25 186
Qo‘shtepa tumanidagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
Xususan, Qiyqi, Sohibkor, Katta beshkapa va Do‘rmon mahallalarida elektr ta’minoti yanada yaxshilash borasidagi ishlar jadal suratda davom etmoqda.
Kecha hududga 10 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun navbatdagi temir-beton tayanchlari yetkazildi.
Ma’lumot o‘rnida, Qo‘shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, loyiha qiymati umumiy 5,0 mlrd so‘mdan ortiq 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda.