Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “NAVRO‘Z” BAYRAMI NISHONLANMOQDA

×

 2023-03-16 08:53:48    386

PDF yuklash
Chop etish



Barcha joylarda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham milliy bayramimiz “Navro‘z” keng nishonlanmoqda.

18-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olgan tuman rahbari barcha ishtirokchilarni Navro‘z bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.

“Har kuning Navro‘z bo‘lsin jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan, milliy urf-udumlarimizni o‘zida namoyon etgan turli musiqa va raqslar, bellashuvlar, teatr sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan bayram tomoshalari davomida sumalak taomi ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, uning kelib chiqishi, tayyorlanishi va foydali jihatlari to‘g‘risida bolalarga tushunchalar berildi.

Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan bu kabi tadbirlar tumandagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tmoqda.

 









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram