Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SHAKAR MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILMOQDA
2023-03-14 10:04:16 203
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra Shakar mahallasida ham toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish va suv ta’minotini yaxshilash ishlari jadal suratda olib borilmoqda.
Xususan, Hunarmandlar, Obodlik ko‘chasi hududida 1 dona yangi ichimlik suvi qudug‘ini kavlash, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 4,5 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilib, 2420.0 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Pudratchi tashkilot tomonidan shu kungacha 3 kilometr transheya qazish hamda 2,5 kilometr tarmoq tortish hamda yangi tik quduq qazish ishlari bajarildi.