Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
2023-03-14 09:40:25 213
Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, ekologiya bo‘limi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar va namunaviy ommaviy ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida safora, akatsiya, pavloniya, sasna kabi mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Qo‘shtepa tumanimizning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, 2023 yilning bahor mavsumida 550 ming dona mevali-manzarali ko‘chatlar va qalamchalar ekish rejalashtirilgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. Hozirgacha 250 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu ishga sektor rahbarlaridan tortib har bir korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, xodimlari va fuqarolar ham o‘z hissasini qo‘shishmoqda.