Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2023-03-13 13:40:55 183
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidagi Langar shifoxonasida oddiy tibbiy xodimlarni majburiy tarzda tuman hokimligining “Istiqbol yo‘li” gazetasiga 60 mingdan majburiy obuna bo‘lishga undashayotganligi haqidagi murojaat e’lon qilindi.
Ushbu tanqidiy murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Murojaatga aniqlik kiritish maqsadida Qo‘shtepa tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Langar bo‘limining ishchi-xodimlari bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, jarrohlik bo‘limi mudiri A.Mavlonov oddiy tibbiy xodimlarni hech kim majburiy obunaga undamayotganligi va 60 ming so‘mdan yig‘im yig‘ilmaganligini ma’lum qildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.