Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLALARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2023-03-11 11:19:33 317
Ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi barcha mahallalarda keksayu-yosh tomonidan hamjihatlikda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugun ham tumanimizdagi Fayz, Qo‘rg‘oncha, Shomirza, Vatan mahallalarida yo‘l chetlari, binolar va hovlilar atrofi, yo‘laklar, ziyoratgoh hamda qabristonlar obodonlashtirilmoqda. Ariqlar tozalanib, daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ham Solijonobod ahli bilan hamkorlikda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham hududlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.