Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI 10 KVLI TARMOQ TORTILMOQDA

×

 2023-03-11 08:34:46    182

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanida loyiha qiymati 5,0 mlrd so‘mdan ortiq 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida, tumandagi 16 ta mahallaga 33,6 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlariga kirishildi. Bundan tashqari 5 dona yangi transformator punkti ham o‘rnatilib, yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda.



Ayni vaqtda, “Mumtoz” mahallasida joylashgan 110/10 kVli “Joybozor” podstantsiyasidan yangi 10 kVli 13,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish ishlari bajarilmoqda.

Bu orqali tumanning “Istiqlol”, “Dexqonobod”, “Shahartepa”, “Shomirza”, “O’qchi”, “Beshkapa” hamda “Paxtakor” mahallalarining elektr ta’minoti yaxshilanadi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram