Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YAPONIYA ELCHIXONASI QO‘SHTEPA TUMANIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIGA O‘QUV JIHOZLARI SOTIB OLISH UCHUN QARIYB 41 MING DOLLARLIK GRANT SHARTNOMASINI IMZOLADI
2023-03-10 18:10:33 210
Yaponiya elchixonasida “Yaponiya hukumatining kichik ijtimoiy loyihalarga ko‘mak berish grantlari” dasturi doirasida grant shartnomasini imzolashning rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yaponiyaning Muvaqqat ishlar vakili Toda Shinsuke, Qo‘shtepa tumanidagi 35-maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Shahodat Tojimatova, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Iqbolxon Maxmudova ishtirok etdi.
Loyihaga muvofiq, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 35-maktabgacha ta’lim tashkiloti 40 ming 814 AQSh dollariga o‘quv jihozlari bilan ta’minlanadi.