Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2023-03-04 08:52:11 235
Qo‘shtepa tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimining o‘rinbosari M.Yo‘ldasheva, “Oqila ayollar” harakati va targ‘ibot guruhi rahbari D..Yusupova, ichki ishlar bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori D.Vaxobova, tuman bosh otin oyisi M.O’rmonova hamda xalq ta’limi bo‘limi boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi D.Xakimovalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda maktabning yuqori sinf o‘quvchi qizlari, ularning onalari, shuningdek, o‘qituvchilar va mahallalardagi xotin-qizlar faollari qatnashdilar.
Xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish, o‘quvchi qizlar o‘rtasida erta nikoh, erta tug‘uruqni va ajrimlarni oldini olish hamda “Tumaris” izdoshlari targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etishdi.