Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOLIQCHI – KO‘MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN QO‘SHTEPA TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYASI BOSHLIG‘I ZUXRIDDIN MIRZAYEVNING HISOBOTI

×

 2023-03-03 12:48:10    93

PDF yuklash
Chop etish



Ochiq-oshkora va adolatli soliq tizimi iqtisodiyot rivojining eng muhim asosidir. Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning muhim halqalaridan biri bo‘lgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini yaratishda kamarbasta bo‘lishi kerak.

2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning barcha toifalari uchun 4% miqdoridagi yagona stavka belgilagan holda bir xillashtirildi.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tartib bo‘yicha soliq to‘lash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

- soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

- bank hisobvarag‘idan dividend tarzida yechib olinadigan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi;

- tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

Ta’kidlash joiz, ayni paytda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Binobarin, havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatiladi. Bundan tashqari, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qo‘llanilmaydi.

Albatta, qiyinchiliklarga uchragan tadbirkorlarga soliq xizmati organlari “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradilar.

Ta’kidlash joiz, ayni kunlarda Qo‘shtepa tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2023-yil fevral oyi davomida Qo‘shtepa tuman soliq inspektsiyasi tomonidan 51 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 29 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Soliq to‘lovchilar yuzaga keladigan barcha tushunmovchiliklarga javob topishi uchun “Savol va javob” internet sahifasi hamda kechayu kunduz ishlaydigan soliq qo‘mitasi qoshidagi “Koll tsentr” (1198) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram