Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OCHIQ BYUDJET” – BIRDAMLIK VA YAKDILLIK IN’IKOSI

×

 2023-02-28 11:06:29    136

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda joriy etilgan “Ochiq byudjet” portali nafaqat byudjet mablag‘larining shaffof taqsimlanishi, jamoatchilik fikri inobatga olinishi, balki hududlar obodonchiligi, mavjud muammolarga tezkor yechim topilishi, shuningdek, xalq yakdilligi va birdamligi ramzi sifatida ommalashib bormoqda. Ko‘rsatilgan tashabbuslarning tanlov g‘olibi bo‘lishi va loyihalarning to‘laqonli bajarilishi ustidan o‘rnatilgan nazorat natijasida ko‘plab yo‘l-transport, sport infratuzilmalari qurilmoqda, ijtimoiy ob’ektlar qad rostlamoqda.

O’tgan yil yozida Qo‘shtepa tumani 1-son kasb-hunar maktabi pedagogik jamoasi tomonidan “Ochiq byudjet” portali orqali ikkita sun’iy qoplamali stadion maydonchasi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatilib, ovozga qo‘yilgan edi. Yakuniy ovoz berish natijasiga ko‘ra 4216 ta ovoz bilan bu tashabbus g‘olib deb topildi va umumiy qiymati 765.0 mln so‘mlik loyihani “Bunyodkor tashabbus obod” xususiy korxonasi tanlovda yutib oldi. Ayni kunlarda 40x20 o‘lchamli 2 ta sun’iy qoplamali stadion qurilish ishlari yakuniga yetdi.

– Hududimizda sportsevar yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shunaqa zamonaviy stadion ularning orzusi edi, – deydi 1-son kasb-hunar maktabi direktori A.Ergashev. – Ko‘rkam inshoot maktabimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. O’yingoh tush vaqtigacha kasb-hunar maktabi o‘quvchilari va ustoz murabbiylar xizmatida. Tushlikdan so‘ng atrof hudud mahalla yoshlari bu yerda futbol o‘ynashadi. Kelajakda qishlog‘imizdan futzal va futbol bo‘yicha chempionlar chiqishiga ishonamiz.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram