Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG‘ONALIKLARNING INSONPARVARLIK YORDAMLARI TURKIYADAGI KUCHLI ZILZILA OQIBATIDA TALAFOT KO‘RGAN HUDUDLARGA YETIB BORDI
2023-02-27 10:51:45 197
Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida talafot ko‘rgan hududlarga O’zbekistondan ham insonparvarlik yordamlari yuborildi.
Xususan, Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi deputati A’zamjon Axmadjonovning tashabbusi bilan Farg‘onaliklarning insonparvarlik yordamlari qardosh turk xalqiga yetkazildi.
Turkiyaning janubiy viloyatlarida ko‘plab o‘zbeklar yashaydigan mahalla va qishloqlar mavjud. Halokatli zilzila aynan ular istiqomat qiladigan hududlarga yaqin yerda sodir bo‘lgan. 15 mingdan ortiq o‘zbek yashaydigan Hatay viloyatidagi Ovakent qishlog‘i eng ko‘p jabrlangan hududlardan biridir. Deputatimiz A’zamjon Axmadjonov Ovakent qishlog‘ida ham bo‘ldi.