Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 224 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISSIQXONA - MO‘MAYGINA DAROMAD MANBAI

×

 2023-02-25 09:47:15    258

PDF yuklash
Chop etish



Zaminimiz unumdor va serhosil. Harakat qilgan inson kaftdek yerdan ham yaxshigina daromad qiladi.

Valijon Ro‘ziboyev Qo‘shtepa tumanidagi Shodlik mahallasi hududida tashlandiq va qarovsiz bo‘lib yotgan yerda issiqxona tashkil etdi. Bugungi kunda issiqxonani ko‘rgan inson havas qiladi. Oldin shu joylar qarovsiz, tashlandiq bo‘lgan edi desa, hech kimni ishongisi kelmaydi.

– Bu yerlar bizdan juda katta mehnat, shuningdek, anchagina vaqt va sabr talab qildi. Ba’zan, qachon ekin ekib, qachon daromadga kirar ekanmiz-a, deb o‘ylab qolardim – deydi biz bilan suhbatda “ARK Kamol Ziyo” MChJ rahbari Valijon Ro‘ziboyev. – 2018 yili shu joyni olgan bo‘lsak, katta kuch bilan yerni tozalab, tekkislatdik, issiqxonada ko‘chat yetishtirish uchun unumdor tuproq olib keldik. Atrofini o‘ratib, qo‘shimcha bino qurdik. Vanihoyat o‘tgan 2022 yili issiqxonaga birinchi marotaba pomidor ko‘chatlarini ekib parvarashladik. G’alvir suvdan ko‘tarilganida 70 million so‘mga yaqin sof daromad oldik.

Hozirda jami maydoni 30 sotix bo‘lgan joyning 25 sotix joyida 12 ta isiqxona mavjud. Issiqxonada mahallaning 10 nafar ishsiz fuqarosi ish bilan ta’minlangan. Ishchilar bir million sakkiz yuz ming so‘mdan ikki million so‘mgacha maosh olishadi.

O’tgan yili issiqxonaga ekish uchun pomidor ko‘chatlari sotib olingan bo‘lsa, bu yil tadbirkorning o‘zi ko‘chat ham yetishtirdi. Issiqxonaga Alamina, Balaban G’1, Runner navli 20 ming tup pomidor va Fantino navli 30 ming tup bodring ko‘chatlari ekilgan. Ayni kunlarda ko‘chatlar issiqxonalarga ekish uchun tomorqachilarga sotilmoqda. Ochiq maydonlarga ekish uchun ham Novichok va Izrail navli 60 ming tup pomir ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Bundan tashqari issiqxonaga ekilgan 40 ming tup bodring, 40 ming tup pomidor ko‘chatlari hosil berish arafasida. Tadbirkor-tomorqachi bu yil 150 million so‘mdan ortiq daromad olishni rejalashtirgan.

– Olayotgan daromadimiz mehnatimizga yarasha bo‘lmoqda, nolimaymiz, – deydi tadbirkor. Ishchilarimiz bilan el dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida mehnat qilayotganimizdan mamnunmiz.

Shu o‘rinda hududlarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari nafaqat mahalla ahlining, balki Valijon Ro‘ziboyev singari yangi ish boshlagan tadbirkorlarning ham do‘stiga, hamfikr yelkadoshiga aylanib borayotganligini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Xususan Shodlik mahllasining hokim yordamchisi Ma’rifatxon Saidova ham tadbirkor tomorqachiga yaqindan yordam berib kelmoqda. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida hokim yordamchisining tavsiyasi bilan shu kunlarda Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining Qo‘shtepa filialidan bir milliard so‘m kerdit olib, shu joyda 200 tonnalik meva-sabzavot saqlash uchun muzlatgich qurishni hamda issiqxonani kengaytirishni va yana yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rejalashtirgan.

Darhaqiqat, mehnat qilgan bu yurtda kam bo‘lmaydi. Shodlik mahallasida hozirgi vaqtda issiqxona qurib, tomorqasidan mo‘maygina daromad olayotgan tadbirkor oilalalar soni ham kun sayin ko‘payib bormoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram