Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OILAVIY KITOBXONLAR O‘ZARO BELLASHDILAR
2023-02-25 09:12:11 265
Oilaviy kitobxonlarni kutubxonaga jalb qilish, ular o‘rtasida kitobxonlikni shakllantirish maqsadida Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazida faol kitobxon oilalar ishtirokida “O’yla, izla, top!” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Qorakaltak mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi oilaviy kitobxonlar o‘zaro bellashdilar. Tadbir davomida kitobxon oilalar savol-javoblarda faol ishtirok etishib, kitob orqali egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishdi. Bellashuv so‘ngida tadbirda ishtirok etgan kitobxon oilalar hamda kutubxonaning faol kichkintoy kitobxonlari esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.