Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 189 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA “ISHGA MARHAMAT” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

×

 2023-02-21 14:49:25    223

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi “Ishga marhamat” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Aholi turmush tarzini yaxshilash ishlash istagida bo‘lgan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan fuqorolarning bandligini ta’minlash, kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mehnatga layoqatli ishsiz, tashqi mehnat migratsiyasidan kelgan ayollarni bandligini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda ma’sul idora va tashkilotlar  bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 45 ta tadbirkorlik sub’ektlari, hunarmandlar, korxona-tashkilotlar, muassasalar o‘zlaridagi mavjud 300 ga yaqin bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari va ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan namunalar bilan qatnashdilar.

Bundan tashqari ishsiz fuqarolar uchun ish.mehnat.uz axborot tizimi orqali taqdim etilgan 1000 dan ortiq ish o‘rinlari ham havola etildi.

Mehnat yarmarkasida 100 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etishgan bo‘lsa,  shundan mehnatga layoqatli, ishlash istagida bo‘lgan, vaqtincha band bo‘lmagan 15 nafar fuqarolarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi. 45 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi. Shuningdek, 42 nafar fuqarolarga markaz xodimlari tomonidan mehnat munosabatlariga oid maslahatlar berildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram