Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD QISHLOQ” DASTURI AMALDA: 7-SONLI MAKTABAGCHA TA’LIM TASHKILOTI BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANIGA AYLANDI
2023-02-21 12:24:14 164
Qo‘shtepa tumanida ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari ijrosi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, umuman, aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-sonli maktabagcha ta’lim tashkilotida “Obod qishloq” dasturi doirasida “Muhammad Umar byulding” MChJ tomonidan 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi, eski binosida ham qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi.
Bolalar bog‘chasida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga 3 milliard 504 million so‘m mablag‘ sarflanib, bugungi kunda 360 nafar bolalar ta’lim-tarbiya oladigan maskanga aylantirildi. Bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun zamonaviy mashg‘ulot xonasi, yotoqxona va oshxona mavjud. Shuningdek, rivojlantiruvchi markazlar jixozlari olib kelib, joylashtirildi. Mashg‘ulotlar jarayonida foydalanishlari uchun 45 turdagi tarqatma, ko‘rgazmali materiallar, plakatlar bilan ta’minlandi.
Zamon talablariga mos maskanga aylangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlarning sevimli maskaniga aylangan.