Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEMINAR
2023-02-18 16:33:00 169
Qo‘shtepa tumani hokimligi majlislar zalida tuman xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda "Ayol qo‘mita" platformasiga xotin-qizlar balansini kiritish jarayoni va "Ayollar daftari"ga kiritiladigan xotin-qizlarning individual anketalarini to‘ldirish tartibi masalalari ko‘rib chiqildi.
Seminarda Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva va bo‘lim mutaxassisi X.Xusanovlar kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tushuntirish berdilar.
Seminar davomida ishtirokchilar barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha ma’lumot oldilar.