Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QORAQUSHCHI MAHALLASIDA ISHLAR QIZG‘IN
2023-02-18 14:15:57 189
Qo‘shtepa tumanidagi Qoraqushchi MFY hududida ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari davom etmoqda.
Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun bo‘lgan mahalla ahli birdamlik tashabbusini o‘z qo‘llariga olishgan. Ular ham bir chetda qarab turmay pudratchi tashkilot ishchilariga yaqindan ko‘mak bermoqdalar.
Loyiha doirasida Qoraqushchi mahallasi hududidagi Ravnaq, Gulobod ko‘chasi hududida 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 2.0 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilib, 1230.0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Pudratchi tashkilot “Orzu ta’mir Qurilish Fayz” MChJ tomonidan Ravnaq, Gulobod ko‘chalari hududida 1.6 kilometr transheya qazish hamda 0.8 kilometr tarmoq tortish ishlari bajarildi.