Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 233 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-02-17 12:33:11    121

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda: “Prezident qarori bo‘yicha Fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan ham aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan aholiga yaqin joylar 15 sotixdan er maydonlari ajratilib, ochiq auktsion elektron savdolarga qo‘yiladi deyilgan edi.

Lekin Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi ushbu hududdan aholiga yaqin joydagi yer maydoni 50 sotixdan qo‘yilgan. Buni kimdir zakaz qilganmi yoki fermer o‘zini yerini kam sonli lot bilan olmoqchimi? Xullas savollar ko‘p.”  – deyiladi.

Ushbu tanqidiy munosabat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 10 sentyabr kungi Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-373-sonli qarori bilan suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan yer maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida ijaraga berilishi belgilab qo‘yilgan.

Jumladan, ushbu qaror bilan Qo‘shtepa tumanida 2023 yilda 799 gektar yer maydonlari 0,15 gektardan 1 gektargacha aholiga ochiq elektron tanlov orqali dexqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida ijaraga berilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, tumandagi fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanayotgan paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 799 gektar maydonlari tuman zahirasiga qaytarilgan.

Tanqidiy xabarga ilova qilingan foto suratlarda ko‘rsatilgan yer maydoni va LOTlar tumanning A.Otaboyev Qoraqushchi massivining Markaziy Farg‘ona cho‘l hududida “Abduqunduz ota” nomli paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligiga ijara asosida tegishli bo‘lgan 1602k-konturda joylashgan. Farg‘ona viloyati hokimining 2023 yil 19 yanvardagi 15-11-0-Q/23-sonli qarori bilan tuman zahirasiga qaytarilgan.

Ushbu yer maydonlari cho‘l hududida joylashganligi sababli belgilangan tartibda “O’zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Farg‘ona viloyat bo‘linmasi tomonidan 0,50 gektardan 12 ta LOTlarga bo‘lingan.

O’z navbatida, joriy yilning 14 va 15 fevral kunlari yuqoridagi jami 12 ta LOTlarga 9 va 3 tadan ochiq elektron tanlov o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlangan.

Ushbu LOTlarga 1 va undan ortiq fuqarolar tomonidan onlayin arizalar topshirilgan. O’tkazilgan ochiq elektron tanlov natijalariga ko‘ra eng yuqori bal to‘plagan fuqarolar tanlov g‘olibi deb topilgan.

Shu o‘rinda qo‘shtepaliklarga tuman bo‘yicha zahiradagi mavjud yer maydonlari haqidagi ma’lumotlarni e-auksion.uz elektron portaliga joylab borilayotganligini ma’lum qilamiz. Agar ularda ochiq elektron tanlovlarda qatnashish istagi bo‘lsa, o‘z hududlaridagi hokim yordamchilariga murojaat etishlari va tegishli maslahat olishlari mumkinligini yana bir bora eslatib o‘tmoqchimiz.    


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram