Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KIBERMAKONDA SODIR ETILADIGAN JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH HAFTALIGI O‘TKAZILADI
2023-02-14 16:53:49 172
Farg‘ona viloyati hokimining 2023 yil 8 fevral kunidagi tegishli qarori bilan 13 fevral kunidan 19 fevral kuniga qadar “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi (Cyber-Week)” o‘tkazilishi belgilanligi munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida haftalik doirasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni samarali tashkil etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qo‘shtepa tumanida tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari va tegishli idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirlar rejasiga ko‘ra, aholi o‘rtasida bank karta kodini oshkor etish orqali pul mablag‘lari talon-toroj qilinishi, shaxsiy ma’lumotlarni internet tarmog‘ida begona shaxslarga taqdim etish oqibatida yuzaga kelayotgan va boshqa jinoyatlarning og‘ir oqibatlaridan xabardor qilishga qaratilgan tushuntirish ishlari, targ‘ibot va tashviqot tadbirlari tashkil etiladi. Jumladan, Kiberxavfsizlik markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilib borilayotgan habarlarini aholining barcha qatlamiga yetkazish, targ‘ibot tadbirlariga taniqli san’atkorlar va sportchilarni jalb qilish, bo‘lib o‘tadigan tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, haftalik bo‘yicha matbuot anjumani va brifing tashkil etish, haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlar g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash, shuningdek, tumanda “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilab olindi.