Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-02-14 15:35:37    384

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Xalq ta’limi bo‘limi va Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi.  

Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov so‘zga chiqib, buyuk shoirning hayot va ijod yo‘li, millatimiz uchun amalga oshirgan buyuk ishlari hamda Bobur ijodining bugungi yosh avlod ma’naviy hayotidagi ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritdi va barchani ushbu muhim sana bilan qutladi.

Tadbir davomida tuman rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, tadbirlar hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etganlarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari va tashakurnomalar topshirildi. 

Shuningdek kechada Bobur g‘azallaridan baytlar, madaniyat bo‘limi va tumanimizdagi ijodkorlar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar hamda betakror sahna ko‘rinishlari ijro etildi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram