Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSHLAR DAFTARI” TASHKIL ETILGANI O‘Z NATIJASINI BERMOQDA

×

 2023-02-11 08:05:03    171

PDF yuklash
Chop etish



 

Yoshlar hayotidagi yangi imkoniyat

Mamlakatimizda yoshlar manfaatini himoya qilish, orzu-umidlari, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlikka o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali bandligini ta’minlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, “Yoshlar daftari” ayni shu maqsadga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Qo‘shtepa tumanidagi Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Donyorxon Ahmadxonov tomonidan ham mahallada yoshlar o‘rtasida tizimli, manzilli ish yo‘lga qo‘yildi.

Mahallada “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Mirzoabdulla Fozilovga subsidiyaga besh million so‘mlik sartaroshlik bilan shug‘ullanish uchun jamlanma olib berildi. Mahallada foydalanilmay turgan sartaroshxona ta’mirlandi va Mirzoabdulla shu joyda o‘z faoliyatini boshladi.  



— O’tgan yili hayotimning yangi sahifasi boshlandi, desam adashmagan bo‘laman, — deydi Mirzoabdulla Fozilov. — Sababi, maktabni bitirib o‘qishga kira olmadim. Lekin yoshligimdan sartaroshlikka qiziqishim baland bo‘lganligi sababli, o‘quv kursini tamomladim. O’z ishimni boshlashga qurbim yetmas edi. “Yoshlar daftari”ga kiritilishim va subsidiya asosida sartaroshlik bilan shug‘ullanish uchun jamlanma olishim hayotimda tub burilish yasadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘zimda katta kuch, zimmamda katta bir ma’suliyatni his qilishimga sabab bo‘ldi.

Hozirda o‘zimni ish joyimda sartaroshlik bilan shug‘ullanib, har kuni yuz ming so‘mga yaqin daromad topyapman. To‘g‘ri, bu uncha ko‘p emas, lekin oldimda turgan katta maqsadlar, yangi rejalarni amalga oshirish yo‘lida rag‘batlantiruvchi omil vazifasini o‘tayapti. Tajribamni yana oshirib, faoliyatimni kengaytirishni maqsad qilganman. Shuningdek, mahallamizdagi sartaroshlikka qiziqishi yuqori bolalarga bilganlarimni o‘rgatmoqdaman.



Mahallalarda “Yoshlar daftari” tashkil etilgani o‘z natijasini bermoqda. Eshonguzar mahallasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Moxlaroy Abdullayevaga ham subsidiyaga zamonaviy tikuv mashinasi berildi. Natijada uning bandligi ham ta’minlanib, hozirda bozorbop kimyim-kechak tikib, daromad topmoqda. 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram