Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 230 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR HAYOTIDAGI YANGI IMKONIYAT

×

 2023-02-10 11:59:33    160

PDF yuklash
Chop etish



Maftunaxon Urdushova kasbining orqasidan ro‘zg‘or tebratib, “Yoshlar daftari”dan chiqdi

Qo‘shtepa tumanidagi Xumdon mahallasida yashovchi Maftunaxon Urdushova “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga olingan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay unga subsidiya asosida tikuv mashinasi taqdim etildi.

O’z ish faoliyatini uyida boshlagan Maftunaxon, hozirda mahalladagi 3 nafar yoshlarga kasb-hunar o‘rgatmoqda. Bugun u kasbining orqasidan ro‘zg‘or tebratib, “Yoshlar daftari”dan chiqdi.

– Tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va mahallamizdagi yoshlar yetakchisi Sobirjon G’aniyevning yaqindan ko‘rsatgan yordamlari tufayli ishli bo‘ldim, – deydi Maftunaxon Urdushova. – Qolaversa, o‘zim singari uch nafar opa-singillarimni bandligi ham ta’minlandi. Buyurtma asosida chok tikib, har birimiz ishimizga qarab maosh olamiz. O’zim hunarimning ortidan oyiga uch million so‘mgacha daromad topayapman.

Maftunaxonning maqsadlari katta. U yaqin kunlarda ish faoliyatini kengaytirib, mahalladagi ishsiz ayollarni kasanachilikka jalb qilishni rejalashtirgan.   






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram