Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 233 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 582 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR

×

 2023-02-09 15:33:36    160

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Madaniyat markazida Qo‘shtepa tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Xalq ta’limi bo‘limi va Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ulug‘ alloma ijodiy merosidan o‘rin olgan kuy-qo‘shiqlar, maktab o‘quvchilari tomonidan aytilgan g‘azal va ruboiylar tadbir ishtirokchilarida katta ta’surot uyg‘otdi.

Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan tashkillashtirilgan sahna ko‘rinishlarida Alisher Navoiy asarlari qahramonlari timsoli gavdalangani barchaning ko‘z o‘ngida o‘sha davr ruhini namoyon etdi. 

Tantanali tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etdi va barchani ushbu muhim sana bilan qutladi.

Tadbir davomida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” ko‘rik tanlovining viloyat va tuman bosqichida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari va tashakurnomalar, shuningdek, 12-maktab Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi I.A’zamjonovaga “O’zbekiston ta’lim” jurnali tahriryatining “Iste’dod” ko‘krak nishoni topshirildi. 
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram