Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-02-07 14:30:31    209

PDF yuklash
Chop etish



Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini ijobiy hal etish to‘g‘risidagi tamoyillari bo‘yicha Qo‘shtepa tumanida sezilarli ishlar olib borilmoqda.

Xususan tuman Xalq qabulxonasiga Qorakaltak mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan M.Yo‘ldashevaning oilaviy sharoitining og‘irligi hamda farzandini davolatishi uchun yordam so‘rab qilgan murojaati hal etilib, unga ikki marotaba jami olti million besh yuz ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan edi.

Qaramog‘ida ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan yashayotgan ayolning oilaviy sharoiti inobatga olinib, bugun unga yana bir marotaba moddiy yordam berildi. Yordam puli tuman hokimi I.Novikov tomonidan topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram