Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZINI-O‘ZI BAND QILGAN SHAXSLAR VA MEHNAT SHARTNOMASI ASOSIDA CHET ELDA ISHLAYOTGAN SHAXSLARGA PENSIYA TAYINLASH UCHUN MEHNAT STAJIGA OLINISHI TARTIBINI BILASIZMI?

×

 2023-01-30 14:58:41    103

PDF yuklash
Chop etish



Qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon ho‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish‚ shuningdek, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band bo‘lgan shaxslar, maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda yetishtirish bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida (yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda to‘lovlari hisobot yilining 1 dekabrgacha amalga oshirilishi kerak) belgilangan tartiblar asosida ijtimoiy soliq to‘langan davrlar pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lashni quyidagi tartibda amalga oshirish huquqiga ega:

har oyda yoki har chorakda;

bir yo‘la — O’zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.

Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.

Chet elda bo‘lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Labor-migration” dasturiy majmuasidagi ma’lumotlar, shaxsning pasportdagi O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.

JShShIR mavjud bo‘lmaganda chet elga ishlashga ketayotgan shaxs soliq to‘lovchi sifatida unga JShShIR rasmiylashtirilishi bilan birgalikda doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi shart.

Ijtimoiy soliqning miqdori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram