Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2023 YILDAN SOLIQ MA’MURCHILIGIGA JORIY ETILADIGAN O‘ZGARISHLAR QO‘SHTEPA TUMANIDA KENG TARG‘IB ETILMOQDA

×

 2023-01-25 10:50:21    356

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida soliq tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim o‘zgarishlar ham belgilab berildi.

Xususan, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o‘zida qolishi kutilayotgan – “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab turli soliq stavkalari qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda.

Misol uchun respublikadagi sharoiti eng og‘ir bo‘lgan 20 ta tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy farq summasini qoplash yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati 60 kundan 30 kungacha qisqartirildi. Shu bilan birga QQS to‘lovchining guvohnomasi vaqtincha to‘xtatilganda hisobga olinmagan QQS summasi keyinchalik guvohnomaning amal qilishi tiklanganida, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan summa soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan hisobga olinadi.

Aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4% dan 25% gacha belgilangan stavkalari unifikatsiya qilinib, 4 % miqdoridagi yagona stavka belgilandi. Bunda ayrim soliq to‘lovchilar uchun Soliq kodeksida belgilangan 3, 2 va 1 foizli stavkalar saqlanib qoldi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga aylanmalaridan kelib chiqib soliq to‘lashda yengilliklar berildi. Xususan, tadbirkorlar ixtiyoriy asosda jami daromad summasi 500 million so‘mdan oshmaganda yiliga 20 million so‘m, 500 million so‘mdan oshganda – yiliga 30 million so‘m qat’iy belgilangan summani to‘lashga o‘tishni tanlashga haqli. Bunda yillik summa teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay to‘lanadi. Mazkur soliqni to‘lashga o‘tish uchun keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin, 2023 yil 1 yanvardan o‘tish uchun esa 25 yanvardan kechiktirmay xabarnoma taqdim etishlari lozim.

Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tishda qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli.

Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lovchilarning dividendlar tarzida olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etmaydi.

2022 yil 1 sentyabrdan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan jami daromadi 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilarga 2023 yil 7,5 % stavkada bir yil davomida, jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshganlarga ikki yil davomida 7,5 % stavkada foyda solig‘ini to‘lash huquqi berilmoqda.

Bundan tashqari, biznesga soliq yukini kamaytirish maqsadida 2023 yil 1 yanvardan boshlab QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilmoqda.

Shu bilan birga Prezidentimiz Murojaatnomasida davlat idoralari tadbirkorlarga servis xizmati ko‘rsatishi lozimligi va yangi yilda mazkur jarayon bo‘yicha baholash tizimi joriy etilishi ta’kidlab o‘tildi.

Ayni kunlarda Qo‘shtepa tuman davlat soliq inspektsiyasi ma’sul hodimlari tomonidan tadbirkorlarga bu borada keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ularga qa’tiy belgilangan summada soliq to‘lashning afzallik va foydali tomonlari ko‘rsatilib, qanday qilib soliq to‘lashning bunday tartibiga o‘tish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram