Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QIYQI MAHALLASINING INFRATUZILMASI YANADA YAXSHILANMOQDA
2023-01-25 09:10:48 184
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yilning 25 oktyabr kuni qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘inidagi Sardoba ko‘chasida bir dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, bir dona yangi suv minorasi va bir dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 1.5 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilib, 1120.0 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Pudratchi tashkilot “Baraka Fayz Invest” MChJ tomonidan Sardoba ko‘chasi hududida 0.5 kilometr transheya qazish hamda tarmoq tortish ishlari boshlandi.