Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OGOH BO‘LING, YERDAN OQILONA FOYDALANING!

×

 2023-01-23 11:53:49    62

PDF yuklash
Chop etish



Er va undan foydalanish sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, yer uchastkalarini noqonuniy egallab olganlik, yerdan noqonuniy va xo‘jasizlarcha foydalanganlik uchun javobgarlik choralari joriy etilgan, mavjudlari esa kuchaytirilgan.

Bu esa yerdan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, yerga bo‘lgan munosabatni yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarning qonuniy asoslaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasiga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining                          25 baravari, mansabdor shaxslarga esa 50 baravarida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari, mansabdor shaxslarga esa 300 baravarida jarima solishga sabab bo‘lishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilgan.

Kodeks 60/1-moddasi bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik chorasini ko‘rmaganlik, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olingani fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etmaganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarida, mansabdor shaxslarga esa 50 baravarida jarima belgilangan.

Shuningdek, kodeks ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi 68/1-moddasi bilan to‘ldirilgan.

2022 yil davomida tuman sudi tomonidan 1 nafar shaxs kodeksning    60-moddasi 2-qismi bilan, 24 nafar shaxs esa 68/1-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, yer bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, yer, ayniqsa sug‘oriladigan yerdan oqilona foydalanish, yerning melorativ xolati va unumdorligini saqlab qolishdir.

Ogoh bo‘ling, yerdan foydalanish qoidalarini buzib oilangizni mulkiy ahvoliga zarar yetkazmang. 

 A.Ergashev,

jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram