Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YURT OBODLIGIGA HISSA QO‘SHAYOTGANLAR

×

 2023-01-20 10:14:11    101

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida Langar mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki yo‘llarning 8.9 kilometr qismi to‘liq asfaltlashtirildi.

Bundan tashqari Langar mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga 78 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilib, 200 metr piyodalar yo‘lagi qurib bitkazildi. Shuningdek, mahalla hududidagi 10 kilometr ariq-zovurlar chiqindilardan tozalandi. Daraxtlarga shakl berilib, oqlash ishlari amalga oshirildi.

Ushbu dastur bo‘yicha Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10.2 kilometr ichki yo‘llar asfaltlashtirildi. Mahalla ko‘chalariga 79 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Piyodalar uchun 300 metr piyodalar yo‘lagi qurib bitkazildi. Mahalla hududidagi 9.5 kilometr ariq-zovurlar chiqindilardan tozalandi. Daraxtlarga shakl berilib, oqlash ishlari amalga oshirildi.

Zahira mablag‘lari hisobidan tumanidagi 32 ta ko‘chalarning 8.7 kilometr ichki yo‘llari asfaltlashtirildi. 19 ta ko‘chalarning 5.5 kilometr qismiga tsement-beton qoplamalari yotqizildi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi PQ-3917-sonli qaroriga asosan tashabbuskor fuqarolar tomonidan eng ko‘p ovoz yig‘ish orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilliy ro‘yxat asosida 2022-yil davomida tumandagi 19 ta ko‘chalarning 12.8 kilometr ichki yo‘llari asfaltlashtirildi.

“Mening yo‘lim”davlat dasturi bo‘yicha esa tumandagi 2 ta ko‘chaning 3.5 kilometr qismi asfaltlashtirildi. Tuman bo‘yicha 100 ta ko‘chalarning 51 kilometr qismida to‘liq asfaltlashtirish ishlari olib borildi.

Tuman hokimining farmoyishiga asosan 42 ta MFYlardagi 50 ta ichki ko‘chalarning 44740 metri hashar yo‘li bilan Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shag‘allashtirildi.

Qabristonlarda dafn marosimlarini o‘tkazish uchun fuqarolarga shart-sharoit yaratish maqsadida  o‘tgan yil davomida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan boshqarma tasarrufidagi 24 ta qabristonlarda ta’mirlash ishlari uchun 615 dona shifer, 42 tonna tsement va 6500 dona shlakoblok qurilish materiallari olindi.




Bundan tashqari “Yaashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumandagi 34 ta qabristonlarda 31450 dona terak qalamchalari va 300 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. 57 ta qabristonlarda daraxtlarga shakl berilib oqlash va tozalov ishlari olib borildi.

Ikkinchi va uchinchi sektor hududlaridagi 2 ta kam ta’minlangan oilalarga yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlariga boshqarma ishchilari tomonidan amaliy yordamlar berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha tuman markazi va mahalla fuqarolar yig‘ini hududlariga boshqarma ishchilari tomonidan 2355 dona har hil turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi hamda daraxtlarni oqlash va sug‘orish ishlari amalga oshirildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram