Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOVUQ KUNDA ISSIQQINA OSH TARQATILMOQDA

×

 2023-01-18 14:16:23    195

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimiz bo‘ylab kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida bir-birimizga bo‘lgan mehr-muruvvat, saxovat tuyg‘ularimiz yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Ta’kidlab o‘tganimizdek, Qo‘shtepa tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tashabbusi bilan mahallalarda doshqozonlar osilib osh damlanib, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, bemor va keksalarga tarqatilmoqda.

Bugun ham Qiyqi mahallasida ikki mahal osh damlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, tushlik mahali tayyor bo‘lgan issiq taom mahallalardagi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, bemorlarga, keksalarga beminnat tarqatildi. Shuningdek ularning holidan xabar olindi.

Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda aholini ijtimoiy himoya qilish va sinovli kunlarda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbirlar davom etmoqda. 







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram