Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISHLAB CHIQARISH KO‘LAMI KENGAYMOQDA

×

 2023-01-17 09:51:35    98

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi poyabzal ishlab chiqaruvchi “Sharq ravon” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2017 yilda tashkil etilgan.

40 nafardan ziyod ishchi xodimlar mehnat qilayotgan ushbu korxonada zamonaviy texnologiya asosida erkaklar, ayollar va bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarilmoqda. Yiliga bu yerda 10 ming juft poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilib, mahsulotlar ichki bozorga va eksportga yo‘naltirilmoqda. O’tgan yili chet elga 300 ming AQSh dollari miqdoridagi poyabzallar eksport qilindi.





Poyabzal mahsulotlari tayyorlash uchun xorijdan bichish va tikish, presslash va pardozlash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatdik, – deydi korxona rahbari Jaxongirbek Abdujalilov. – Mahsulotlarimizga kun sayin ichki bozorda ham xorijda ham talab ortmoqda. Hali oldinda qilinadigan ishlar ko‘p. Maqsadimiz ishlab chiqarish ko‘lamini yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratishdir.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram