Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAISHIY CHIQINDI XIZMAT HAQINI TO‘LADINGIZMI?

×

 2023-01-07 14:22:15    253

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida maishiy chiqindilarni tashib ketish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin masalaning bir og‘riqli jihatidan ko‘z yumib bo‘lmaydi, chiqindi tashuvchi korxona tomonidan ko‘rsatilgan xizmatga aholi tomonidan o‘z vaqtida haq to‘lanyaptimi?

Bugunga kelib aholining Qo‘shtepa tumanidagi “Vodiy maxsus Sanitar Trans” DXSh korxonasidan qarzdorligi 2 milliard so‘mdan ziyodni tashkil qilmoqda.

Nega endi o‘z xonadonimizdan chiqarib qo‘yilgan chiqindini tashib ketgan, ko‘chalar va mahallalar ozodaligiga, tabiat musaffoligiga fidoyilarcha hissa qo‘shayotgan korxonaga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaymiz? Axir, kun sayin ortib borayotgan qarzdorlik, to‘lanmayotgan mablag‘lar bu tashkilotlarning tobora “sinishi”ga, ishchi-xodimlarning o‘z vaqtida maosh ololmasligiga, texnikalar uchun ehtiyot qismlar sotib olishning kechikishiga, umuman, katta ahamiyatga ega bo‘lgan sanitar xizmati sifati pasayib ketishiga sabab bo‘ladi-ku?!

Hurmatli tumanimiz fuqarolari!

Tumanimizdagi ko‘chalar va mahallalar ozodaligiga, tabiat musaffoligiga fidoyilarcha hissa qo‘shayotgan “Vodiy maxsus Sanitar Trans” DXSh korxonasidan bo‘lgan maishiy chiqindi qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lashingizni so‘rab qolamiz!

Qo‘shtepa tumani “Vodiy maxsus Sanitar Trans” DXSh korxonasi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram