Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
GAZ BALLONLARI O‘Z VAQTIDA YETKAZILMOQDA
2023-01-07 09:52:40 247
Qo‘shtepa tumani bo‘yicha suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadigan xonadonlar soni 39207 tani tashkil qiladi. Ushbu xonadonlarga bir vaqtning o‘zida 7 ta maxsus gaz tashish avtotransportlarda jadvalga asosan suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Tuman bo‘yicha yillik reja 5239.31 tonna bo‘lib, amalda 6168.76 tonna suyultirilgan gaz aholi xonadonlariga yetkazib berildi. Shuningdek, iste’molchilar to‘liq ID kartalar bilan ta’minlangan.
Hozirgi kunda MFYlarga suyultirilgan gaz ballonlar 35-40 kunda yetib borishi uchun barcha chora-ta’dbirlar ishlab chikilgan.
Mahallalar bilan hamkorlikda kam ta’minlangan xonadonlarni joyida o‘rganib chiqilib, 180 ta xonadonga vaqtinchalik foydalanib turish uchun shartnoma asosida mayshiy gaz ballonlar yetkazib berildi.