Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2022-12-30 12:31:42 167
Tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining navbatdagi 56-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, siyosiy partiyalar va tashkilot rahbarlari, MFY raislari, tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan sessiyani tuman hokimi I.Novikov boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibidan Qo‘shtepa tumanining 2023-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash, 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi hamda boshqa masalalar o‘rin oldi.
Dastlab sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman Moliya bo‘limi mudiri I.Akbarovning axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha 7-umumta’lim maktabi direktorligiga nomzodlarning birma-bir axborotlari ham eshitildi.
Shuningdek, sessiya davomida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishlicha javoblar qaytarildi.
Sessiya so‘nggida ko‘rilgan har bir masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.