Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANIMIZDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA YANGI YIL BAYRAMI TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA (FOTO)
2022-12-29 20:30:05 889
Yurtimizda nishonlanadigan har bir bayramning o‘z zavqi va sururi bor albatta. Ammo, yangi yil shunday bayramki, uni xalqimiz, yosh-u keksa birdek intiqlik bilan kutadi. Yangi yil bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bolajonlar sho‘x kuy va qo‘shiqlar ijro etishib, intiqib kutgan Qorbobo va qorqizlarni chorlashmoqda. Qorbobo esa jajji bolajonlar orzusini ushaltirib ajoyib sovg‘a salomlar ulashmoqda. Tadbirlarda ota-onalarning ishtiroki esa bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shmoqda. Shunday tadbirlardan bugun 11-18 hamda 27-DMTTlarida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bog‘chalarda Yangi yil archasi bezatilib, bolajonlar tomonidan bayramga atab she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Tadbirda tuman MTT bo‘limi mudiri I.Maxmudova hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Tadbir davomida bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.
Tadbirda, Qorbobo va qorqizning chiqishlarini bolajonlar zavq bilan tomosha qilgan bo‘lsalar, turli ertak qahramonlarining ko‘rsatgan tomoshalari ularga olam-olam quvonch baxsh etdi.