Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA OTA-ONA QAROMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN 20 NAFAR BOLALARGA QUVONCH ULASHILDI
2022-12-29 19:36:21 151
Bugun Qo‘shtepa tumanida ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan 20 nafar bolalarga quvonch ulashildi.
Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan tumandagi ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 20 nafar bolajonlarning ko‘ngilini ko‘tarish va ularni Yangi yil bayrami bilan tabriklash maqsadida sektor rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda sektor rahbarlari bolajonlarni bayram bilan tabrikladilar. Ularga xomiylar hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan Yangi yil sovg‘alari, shuningdek ust boshlar olib berildi.