Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VILOYAT HOKIMINING YANGI YIL BAYRAM TABRIGI VA SOVG‘ALARI O‘Z EGALARIGA YETKAZILDI
2022-12-28 18:47:02 158
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi sektor rahbarlari va tuman hokimligi ishchi guruhi a’zolari tomonidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylariga viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Yangi yil tabrigi hamda bayram sovg‘alari yetkazib berildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogiroligi bo‘lgan fuqarolarga tuman hokimligi hamda tashabbuskor homiylar tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari, bayram shirinliklari, moddiy yordamlar tarqatildi.