Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA BOLAJONLAR UCHUN YANGI YIL BAYRAMI TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2022-12-27 13:13:43    107

PDF yuklash
Chop etish





“Yangi yil bayrami” munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ehtiyojmand oilalarning farzandlari uchun teatrlashtirilgan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda sektor rahbarlari hamda mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.

Yuz-ko‘zlarida quvonch va shodlik, o‘zlariga ko‘rsatilayotgan cheksiz e’tibor hamda g‘amxo‘rlikdan mamnunlik ifodasi balqigan bolajonlar ishtirokida o‘tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov barchani bayram bilan qizg‘in qutladi.

Shundan so‘ng sektor rahbarlari, Qorbobo va Qorqiz ishtirokida 500 nafarga yaqin bolajonlarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan bolajonlar uchun qiziqarli tomosha va sahna ko‘rinishlari namoish etildi. Bolajonlarning sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlari bayram tadbiriga o‘zgacha fayz kiritdi. Bolalar turli ertak qahramonlari bilan birga qo‘shiqlar kuylab, raqsga tushdilar.





























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram