Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI YIL BAYRAM TADBIRI BOLAJONLARGA QUVONCH BAXSH ETDI
2022-12-26 19:06:31 337
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi 40-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bog‘chada Yangi yil archasi bezatilib, bolajonlar tomonidan bayramga atab she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Tadbir davomida bolajonlarga Qorboboning bayram sovg‘alari tarqatildi.
Bir so‘z bilan aytganda o‘tkazilgan Yangi yil bayram tadbiri bolajonlar qalbiga quvonch baxsh etib, esda qolarli kun bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.