Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PENSIYA QONUNCHILIGIDAGI O‘ZGARISHLAR

×

 2022-12-26 18:47:17    113

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash bo‘yicha davlat xizmati sifatini oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari manzilliligini va samaradorligini oshirib borish, hujjatlarni yig‘ish jarayonini raqamlashtirish, barcha sohalarda tezkor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 592-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, pensiya hisoblashda 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning faqat mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanishi, pensiya shaxsning tanloviga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan to‘lanishi, tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmasligi, vafot etgan boquvchining mehnatga layoqatsiz farzandlari uchun 18 yoshga qadar, agar ushbu farzandlar ta’lim tashkilotlarining o‘quvchisi yoki talabasi bo‘lib hisoblansa, o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lanishi, shaxsning bolani parvarishlash bilan band bo‘lgan 6 yillik ta’til vaqti pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinishi, O’zbekiston Respublikasi hududida inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati karantin joriy etilgan vaqtda shaxsga pensiya tayinlash muddati shaxsning karantin davrida pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab tayinlanishi, 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalarni hisob-kitob qilish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki baravaridan kelib chiqib hisoblanishi belgilandi. Tumandagi 1020 nafar pensiya oluvchilarning pensiyalari mazkur qaror tadarlariga asosan qayta hisoblanib, pensiya miqdorlari oshirildi.

 Pensiya qonunchiligining mohiyati hamda tizimdagi o‘zgarishlar haqida aholi orasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini faoli davom ettirish, shu maqsadda joylarda sayyor uchrashuvlar o‘tkazish, sohaga tegishli normativ-xuquqiy xujjatlar bilan tushuntirish olib borish, ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish vazifamizdir. Zero, ushbu ezgu ishlarning barchasi, avvalo, xalqimizning farovonligini ko‘zlab amalga oshirilmoqda.   

Sh.Sharopov,

Qo‘shtepa tumani BTPJ bo‘limi boshlig‘i.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram